Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Bo‘g‘im sindromi: revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagra. Tayanch-harakat tizimining yumshoq to‘qima kasalliklari: bursit, tendinit, tendovaginit, epikondilit. Jarohatlar: sinishlar, chiqishlar, qontalashlar, bo‘g‘im og‘riqlari (sport tibbiyotida), periostitlar, yumshoq to‘qima shikastlanishi. Operatsiyadan keyingi holatlar: tish chiqarish, akusherlik-ginekologik aralashuvlar, ichki kontratseptivlarni kiritish va olib tashlash. Ginekologiya: adneksit, parametrit. Otorinolaringologiya: sinusit, rinit, faringolaringit, o‘rta quloq otiti. Neyrologiya: lumbago. Boshqalar: gingivostomatit, o'tkir yuzaki tromboflebit, oyoq yaralari.