Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam - anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish (larinks va til shishlari, nafas yo‘llarining to‘silib qolishini keltirib chiqarishi va/yoki yuz, lablar, tomoq shishlari), urtikariyal toshma. Qon yaratish tizimi tomonidan: noyob - anemiya, Shenleyn-Genox purpura, ekximoz, gemoliz, agranulotsitoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uykusizlik, ortiqcha charchash; noyob - migren, bezovtalik, ongning chalkashishi, depressiya, uyqu buzilishi, xotira buzilishi, uyquchanlik, nervozlik, paresteziya, titroq, hushdan ketish. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - ortostatik gipotenziya (dozaga bog‘liq), yurak urishi hissi, takhikardiya; noyob - II darajali AV-blokada, ko‘krak orqasida og‘riq, miokard infarkti, aritmiyalar; kamdan-kam - vaskulit. Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - yo‘tal, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, sinusit, burun shilliq qavati shishi, burun bitishi; noyob - faringit, laringit, rinit, dispnoe, bronxit, burun qon ketishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i; kamdan-kam - gepatit, jigar vazifasining buzilishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: noyob - siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, tez-tez siyish, nikturiya, glyukozuriya. Jinsiy tizim tomonidan: noyob - libido susayishi, quvvatning pasayishi. Sezgi a'zolari tomonidan: noyob - ko‘rishning noaniqligi, ko‘zda yonish hissi, kon'yunktivit. Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez - alopesiya, terining quruqligi, eritema, fotosensibilizatsiya, ortiqcha terlash; noyob - krapivnitsa, terining qichishi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - mialgiya, orqa og‘rig‘i; noyob - artralgiya. Boshqa: tez-tez - asteniya, zaiflik, periferik shishlar; noyob - anoreksiya, podagra oqimi zo‘rayishi. Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: tez-tez - giperkaliemiya, gemoglobin va gematokritning kichik darajadagi pasayishi; noyob - qon plazmasidagi mochevinaning va kreatininning o‘rtacha darajadagi ko‘tarilishi, giperglikemiya, giperurikemiya, suv-elektrolit balansining buzilishi; kamdan-kam - ALT faolligining oshishi; juda kamdan-kam - ACT faolligining va bilirubin kontsentratsiyasining oshishi.