Yutilishi
Bitta dozada (500 mkg) dutasterid qabul qilinganda, qon zardobidagi Cmax ga 1-3 soat ichida erishiladi. Erkaklarda dutasteridning mutlaq biokiraolishligi ikki soatlik tomir ichiga yuborishga nisbatan taxminan 60% ni tashkil qiladi. Dutasteridning biokiraolishligi ovqat qabul qilishdan mustaqildir.
Taqsimlanishi
Dutasteridning bir martalik va ko‘p martalik qabulidan so‘ng olingan farmakokinetik ma’lumotlar katta Vd (300 dan 500 l gacha) mavjudligini ko‘rsatadi. Dutasterid plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanadi (99,5% dan ortiq). Har kuni qabul qilinganda, dutasterid zardobdagi konsentratsiyasi bir oy ichida muvozanat konsentratsiyasining 65% ga, uch oy ichida esa taxminan 90% ga yetadi. Zardobda dutasteridning Css taxminan 40 ng/ml ni tashkil etib, 500 mkg dutasteridning har kuni bir martalik qabulidan so‘ng 6 oydan keyin erishiladi. Zardob kabi, sperma tarkibida ham dutasteridning Css ga 6 oy ichida erishiladi. 52 haftalik davolashdan so‘ng spermada dutasterid konsentratsiyalari o‘rtacha 3,4 ng/ml (0,4 dan 14 ng/ml gacha) ni tashkil qiladi. Qon zardobidan spermaga o‘rtacha 11,5% dutasterid o‘tadi.
Metabolizmi
In vitro sharoitida dutasterid inson sitoxrom P450 tizimining CYP3A4 izofermenti yordamida ikki kichik monogidroksillangan metabolitga aylanadi; CYP1A2, CYP2A6, CYP2E1, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2B6 yoki CYP2D6 izofermentlari dutasteridning metabolizmida ishtirok etmaydi. Zardobda dutasteridning Css ga erishilgandan keyin mass-spektrometriya usuli yordamida o‘zgarmagan dutasterid, 3 asosiy metabolit (4'-gidroksidutasterid, 1,2-digidroutasterid va 6-gidroksidutasterid) va 2 kichik metabolit (6,4'-digidroksidutasterid va 15-gidroksidutasterid) aniqlangan. Inson zardobida aniqlangan 5 ta dutasterid metaboliti kalamushlarda ham topilgan, ammo inson va kalamushlarda 6 va 15 pozitsiyalardagi gidroksil guruhlarining stereo-kimyoviy xususiyatlari noma'lum.
Chiqarilishi
Dutasterid kuchli metabolizmga uchraydi. Og‘iz orqali 500 mkg dozada qabul qilinganda, muvozanatli konsentratsiyaga erishilgandan so‘ng, inson tanasidan 1% dan 15,4% gacha (o‘rtacha 5,4%) qabul qilingan doz o‘zgarmagan holda ichak orqali chiqariladi. Qolgan qismi esa ichak orqali asosiy 4 ta metabolit shaklida (39%, 21%, 7% va 7%) va har biri 5% dan kamroq bo‘lgan 6 ikkinchi darajali metabolitlar shaklida chiqariladi. Inson siydigida o‘zgarmagan dutasterid faqat iz miqdorida aniqlanadi (dozaning 0,1% dan kam). Qon zardobidagi konsentratsiya past bo‘lganda (3 ng/ml dan kam), dutasterid ikkala yo‘l orqali tez chiqariladi – ham konsentratsiyaga bog‘liq, ham bog‘liq bo‘lmagan tarzda. 500 mkg yoki undan kam bitta dozada qabul qilinganda, qisqa T1/2 bilan tez klirens (3 dan 9 kungacha) kuzatilgan. Qon zardobidagi konsentratsiya 3 ng/ml dan yuqori bo‘lganda, dutasterid sekin chiqariladi (0,35 dan 0,58 l/soat gacha) va asosan konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lmagan chiziqli usulda, yakuniy T1/2 3 dan 5 haftagacha bo‘ladi. Dutasteridning terapevtik dozalarida yakuniy T1/2 3-5 haftani tashkil qiladi, 500 mkg/sutka dozasini ko‘p martalik qabul qilgandan so‘ng asta-sekin klirens ustunlik qiladi, va umumiy klirens chiziqli hamda konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lmagan xarakterga ega bo‘ladi. Davolash to‘xtatilgandan so‘ng dutasterid qon zardobida (0,1 ng/ml dan yuqori konsentratsiyalarda) 4-6 oy davomida aniqlanadi.
Maxsus guruh bemorlarida farmakokinetika
Yoshi katta bemorlar. Dutasteridning farmakokinetika va farmakodinamikasi 36 nafar sog‘lom erkak ko‘ngillilarda (24 yoshdan 87 yoshgacha) bitta doza (500 mkg) qabul qilingandan so‘ng o‘rganilgan. Turli yosh guruhlari o‘rtasida dutasterid ekspozitsiyasi (AUC va Cmax kabi farmakokinetik parametrlari bilan ifodalangan) bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli farqlar aniqlanmagan. Shuningdek, 50-69 yoshdagi va 70 yoshdan oshgan erkaklarda T1/2 qiymatlari orasida statistik sezilarli farqlar mavjud emas, DGPJ bo‘lgan erkaklarning aksariyati ushbu yosh guruhiga kiradi. DGT konsentratsiyasini pasaytirish darajasi bilan baholangan preparat ta’sirida yosh guruhlari o‘rtasida farq aniqlanmagan. Ushbu natijalar dutasterid dozasini bemorlarning yoshiga qarab o‘zgartirishga ehtiyoj yo‘qligini ko‘rsatadi.
Buyrak faoliyatining buzilishi bo‘lgan bemorlar. Buyrak faoliyatining buzilishi dutasteridning farmakokinetikasiga ta’sirini o‘rganilmagan. Ammo dutasteridning muvozanat konsentratsiyasining (500 mkg dutasterid dozasida) 0,1% dan kamrog‘i inson siydigi orqali chiqariladi, shu sababli buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda doza moslashtirishga ehtiyoj yo‘q.
Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan bemorlar. Jigar faoliyatining buzilishi dutasteridning farmakokinetikasiga ta’sirini o‘rganilmagan.