Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Preparat tarkibiga kiruvchi har qanday ingredientlarga yuqori sezuvchanlik. Asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga (NYP) yuqori sezuvchanlik, jumladan, asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYP qabul qilgandan keyin bronxoobstruktiv xuruj, rinit, ürtiker holatlari haqida anamnestik ma’lumotlar; to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan asetilsalitsil kislotasiga intolerans sindromi (rinosinusit, ürtiker, burun shilliq qavatining poliplari, bronxial astma); oshqozon-ichak traktining eroziyali-yarali kasalliklari zo'rayish bosqichida (shu jumladan, oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit); ichakning yallig'lanish kasalliklari; gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari (shu jumladan, gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar; aortokoronar shuntlashdan keyingi davr; oshqozon-ichak qon ketishlari va bosh miya ichidagi qon quyilishi; yaqqol jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; buyraklarning progreslovchi kasalliklari; kreatinin klirensi 30 ml/dakikadan kam bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligi, tasdiqlangan giperkalemiya; homiladorlik; 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: keksa yosh, yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, ishemik yurak kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, alkogolni tez-tez iste’mol qilish, portal gipertenziya bilan jigar sirrozi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/dakikadan kam), nefrotik sindrom, gipergiperbilirubinemya, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi (anamnezda), H. Pylori infeksiyasi mavjudligi, gastrit, enterit, kolit, etiologiyasi noma'lum qon kasalliklari (leykopeniya va anemiya), laktatsiya davri, NYPning uzoq muddatli qo'llanilishi, og'ir somatik kasalliklar, og'iz orqali kortikosteroidlar (jumladan, prednizolon), antikoagulyantlar (jumladan, varfarin), antiagregantlar (jumladan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), serotonin qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (jumladan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bilan birga qo'llanilishi.