20 daqiqa davomida 250, 500 yoki 1000 mg dozada i/v yuborilganda imipenemning Cmax ko‘rsatkichi mos ravishda 14-24, 21-58 va 41-83 mkg/ml ni tashkil etadi. 20 daqiqa davomida 250, 500 yoki 1000 mg dozada i/v yuborilganda silastatinning Cmax ko‘rsatkichi 15-25, 31-49 va 56-80 mkg/ml ga teng. Imipenemning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 20%, silastatinki esa 40% ni tashkil etadi. Organizmning ko‘pgina to‘qimalari va suyuqliklarida tez va yaxshi taqsimlanadi. Eng yuqori konsentratsiyalar plevral eksudatda, peritoneal va interstitsial suyuqliklarda va reproduktiv organlarda qayd etiladi. Past konsentratsiyalarda orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Kattalardagi Vd - 0,23-0,31 l/kg, 2-12 yoshdagi bolalarda - 0,7 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda - 0,4-0,5 l/kg.Imipenemning kanallar orqali sekretsiyasini silastatin tomonidan bloklash buyrak metabolizmini ingibitsiyalab, siydikda o‘zgarmagan holda to‘planishiga olib keladi. Silastatin N-asetil birikmaga metabolizmga uchraydi. I/v yuborilganda imipenem va silastatinning T1/2 kattalarda - 1 soat, 2-12 yoshdagi bolalarda - 1-1,2 soatni, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda imipenem uchun T1/2 - 1,7-2,4 soatni, silastatin uchun esa 3,8-8,4 soatni tashkil etadi; buyrak funksiyasi buzilgan holatlarda imipenemning T1/2 - 2,9-4 soat, silastatinniki esa 13,3-17,1 soatga teng. Asosan buyraklar orqali (10 soat davomida 70-76%) chiqariladi, shulardan 2/3 qismi glomerulyar filtrlash va 1/3 qismi faol kanal sekretsiyasi orqali chiqariladi; 1-2% me'da-ichak trakti orqali va 20-25% buyrakdan tashqari yo‘l bilan chiqariladi (mexanizmi noma'lum). Tez va samarali (73-90%) gemodializ orqali chiqariladi (3 soatlik uzluksiz gemofiltratsiya seansida qabul qilingan dozaning 75% chiqariladi).