FarmakokinetikaDruvalumabning farmakokinetikasi Imfinzi® preparati monoterapiyada va kimyoterapevtik preparatlar bilan kombinatsiyada qo‘llanganda baholangan. Druvalumab farmakokinetikasi qattiq o‘smalari bo‘lgan 2903 nafar bemorda o‘rganilgan, bunda dozalari 0,1 mg/kg dan 20 mg/kg gacha bo‘lib, preparat har 2, 3 yoki 4 haftada bir marta yuborilgan. 3 mg/kg dan kam bo‘lgan dozalarda farmakokinetik ta’sir doza nisbatidan ortiq bo‘lgan holda oshgan (nolinear farmakokinetika), ≥3 mg/kg bo‘lgan dozalarda esa doza nisbatiga mutanosib oshgan (linear farmakokinetika). Muvozanat holatiga taxminan 16 haftadan keyin erishilgan. Populyatsion farmakokinetik tahlil asosida, 2 haftada bir marta ≥10 mg/kg doza olgan 1878 nafar bemor ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan holda, muvozanat holatidagi (Vss) o‘rtacha geometrik Vd 5,64 l ni tashkil qilgan. Vaqt o‘tishi bilan druvalumab klirensi kamaygan va 365-kun davolashdan keyin o‘rtacha geometrik muvozanat holatidagi klirens (CLss) 8,16 ml/soatni tashkil etgan; CLss kamayishi klinik ahamiyatga ega emas deb hisoblanadi. Dastlabki klirens asosida T1/2 taxminan 18 kunni tashkil etadi. Druvalumabning farmakokinetik parametrlari uning monoterapiyada qo‘llanishida va kimyoterapevtik preparatlar bilan kombinatsiyasida klinik ahamiyatga ega farqlarni ko‘rsatmadi.
Maxsus guruh bemorlarida farmakokinetikaYosh (19-96 yosh), tana vazni (31-149 kg), jins, druvalumabga qarshi antitanalar mavjudligi, albumin konsentratsiyasi, laktatdehidrogenaza faolligi, kreatinin konsentratsiyasi, eriydigan PD-L1 konsentratsiyasi, o‘sma turi, irqiy kelib chiqish, yengil buyrak yetishmovchiligi (KK 60-89 ml/min), o‘rta darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK 30-59 ml/min), yengil jigar yetishmovchiligi (bilirubin ≤ me’yordan yuqori chegara va AST faolligi > me’yordan yuqori chegara yoki bilirubin konsentratsiyasi > me’yordan yuqori chegara va 1,5× yuqori chekkacha har qanday AST faolligi), o‘rta darajadagi jigar yetishmovchiligi (bilirubin konsentratsiyasi > 1,5× yuqori chekkadan 3× yuqori chegara gacha va har qanday AST faolligi) va WHO/ECOG shkalasi bo‘yicha umumiy holat druvalumab farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega ta’sir ko‘rsatmagan. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK 15-29 ml/min) va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligining (bilirubin konsentratsiyasi >3× yuqori chekka va har qanday AST faolligi) druvalumab farmakokinetikasiga ta’siri noma’lum.
Yoshi katta bemorlarYoshi katta bemorlarga (≥65 yosh) dozani tuzatish talab etilmaydi. Mahalliy keng tarqalgan, operatsiya qilib bo‘lmaydigan kichik bo‘lmagan hujayrali o‘pka raki (KBH0R) bo‘lgan 476 bemordan (samaradorlikni baholash uchun asosiy populyatsiya) Imfinzi® preparatini olgan 215 nafari 65 yosh va undan katta edi. Umuman olganda, 65 yosh va undan katta bemorlar va yoshroq bemorlar o‘rtasida xavfsizlik profillarida klinik ahamiyatga ega farqlar qayd etilmadi. Kimyoterapiya bilan kombinatsiyada Imfinzi® preparatini olgan keng tarqalgan mayda hujayrali o‘pka raki (MH0R) bo‘lgan 265 bemordan 101 nafari (38%) 65 yosh va undan katta edi. Umuman olganda, 65 yosh va undan katta bemorlar va yoshroq bemorlar o‘rtasida xavfsizlik va samaradorlik ko‘rsatkichlarida klinik ahamiyatga ega farqlar aniqlanmadi. Kimyoterapiya bilan kombinatsiyada Imfinzi® preparatini olgan o‘t chiqarish tizimi raki bo‘lgan 338 bemordan 158 nafari (46,7%) 65 yosh va undan katta edi. Umuman olganda, 65 yosh va undan katta bemorlar va yoshroq bemorlar o‘rtasida xavfsizlik va samaradorlik ko‘rsatkichlarida klinik ahamiyatga ega farqlar qayd etilmadi.
Dori vositalarining o‘zaro ta’sirini o‘rganishDruvalumabning kimyoterapevtik preparatlar bilan farmakokinetik o‘zaro ta’siri MH0R bo‘lgan bemorlarda CASPIAN tadqiqotida baholandi va klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta’sirlar aniqlanmadi.