Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
indometatsinga yuqori sezuvchanlik; bronxial astma, qaytalanuvchi burun va burun atrofidagi bo‘shliqlarning polipozi va asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NSAIDlarga intoleransning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan kombinatsiyasi (jumladan anamnezda), eshakemi yoki rinit; me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi), qon ketishlar (jumladan, ichki bosh miya qon ketishi, me’da-ichak traktidan qon ketish); tug‘ma yurak nuqsonlari (aorta koarktatsiyasi, o‘pka arteriyasining atreziyasi, og‘ir Fallo tetradasi); aorta-koronar shuntlashdan keyingi davr; og‘ir yurak yetishmovchiligi; buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam), tasdiqlangan giperkaliemiya; jigar yetishmovchiligi, faol jigar kasalligi; qon ivishining buzilishi (jumladan, gemofiliya, qon ketish vaqti uzayishi, qon ketishga moyillik); qon hosil bo‘lishning buzilishi (leykopeniya, anemiya); homiladorlik va emizish davri; 15 yoshgacha. Ehtiyotkorlik bilan: IYUK, serebrovaskulyar kasalliklar, surunkali yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya, giperlipidemia, qandli diabet, trombotsitopeniya, periferik arteriyalar kasalliklari, arterial gipertenziya, chekish, KK 30-60 ml/min, portal gipertenziya bilan kechadigan jigar sirrozi, gipergilubirubinemiya, me’da-ichak traktining yarali zararlanishi anamnezda, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, NSAIDlarni uzoq muddat qo‘llash, alkogolni tez-tez iste’mol qilish, og‘ir somatik kasalliklar; quyidagi preparatlar bilan birgalikda qo‘llashda – antikoagulyantlar (jumladan, varfarin), antiagregantlar (jumladan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), og‘iz orqali qabul qilinadigan GKS (jumladan, prednizolon), serotonin qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (jumladan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin); ruhiy buzilishlar, epilepsiya, parkinsonizm, depressiya, keksa yosh.