Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
indometatsinga yuqori sezuvchanlik; me’da-ichak trakti eroziyali-yarali zararlanishlari avj olish davrida; “aspirin triadasi”; qon hosil bo‘lishning buzilishi; qon ivishining buzilishi; jigar va/yoki buyrak funksiyalarining og‘ir buzilishlari; tasdiqlangan giperkaliemiya; surunkali yurak yetishmovchiligini og‘ir shakllari; tug‘ma yurak nuqsonlari; aorta-koronar shuntlashdan keyingi davr; og‘ir arterial gipertenziya; pankreatit; homiladorlik; emizish davri; 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: IYUK, serebrovaskulyar kasalliklar, turg‘un yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya, giperlipidemiya, qandli diabet, trombotsitopeniya, periferik arteriyalar kasalliklari, arterial gipertenziya, chekish, KK 30-60 ml/min, portal gipertenziya bilan kechadigan jigar sirrozi, gipergilubirubinemiya, me’da-ichak traktining yarali zararlanishi anamnezda, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, NSAIDlarni uzoq muddat qo‘llash, alkogolni tez-tez iste’mol qilish, og‘ir somatik kasalliklar. Quyidagi preparatlar bilan birgalikda qo‘llanganda ehtiyotkorlik bilan: antikoagulyantlar (jumladan, varfarin), antiagregantlar (jumladan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), og‘iz orqali qabul qilinadigan GKS (jumladan, prednizolon), serotonin qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (jumladan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin); ruhiy buzilishlar, epilepsiya, parkinsonizm, depressiya, keksa yoshdagi bemorlar.