Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi; aseptik meningit, periferik nevritlar, tutqanoq, ataksiya, quloqlarda shovqin, depressiya, gallyutsinatsiyalar, apatiya, asabiylik. Nafas olish tizimi tomonidan: o'pka infiltratlari: eozinofilik infiltrat, allergik alveolit (yo'tal, nafas qisilishi). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qayt qilish, ishtahaning pasayishi, diareya, gastrit, qorin og'rig'i, glossit, stomatit, xolestaz, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi, gepatit, jumladan xolestatik, gepatonekroz, "yo'qolib ketayotgan o't yo'li" sindromi, giperglikemiya, soxta membranli kolit, o'tkir pankreatit. Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, neyropeniya, trombotsitopeniya, gipotrimbinemiya, agranulotsitoz, anemiya (megaloblastik, gemolitik/avtoimmun yoki aplastik), metgemoglobinemiya, eozinofiliya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, buyrak funksiyasining buzilishi, gematuriya, qonda siydik azotining oshishi, giperkreatininemiya, toksik nefropatiya oliguriy va anuriy bilan, kristalluriya. Muskul-skelet tizimi tomonidan: artralgiyalar, mialgiyalar, rabdomioliz (asosan OIV bilan kasallangan bemorlarda). Allergik reaktsiyalar: tana haroratining oshishi, angionevrotik shish, qichishish, fotosensibilizatsiya, teri toshmasi, qichishish, ko'p shaklli eksudativ eritema (jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, allergik miokardit, kon'yunktiva va skleraning giperemiyasi; anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, zardob kasalligi, gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox purpura), tugunli periarterit, lupusga o'xshash sindrom. Mahalliy reaktsiyalar: tromboflebit (venepunktsiya joyida), in'ektsiya joyida og'riq. Boshqalar: giperkaliemiya (asosan OIV bilan kasallangan bemorlarda pnevmotsistik pnevmoniyani davolashda), giponatriemiya, gipoglikemiya, zaiflik, charchoq, uyqusizlik, kandidoz.