Belgilar: jiddiy ortiqcha dozalanish holatlarida xolinergik kriz rivojlanishi mumkin (ishtahaning pasayishi, bronxospazm, ko'z yoshlanishi, kuchli terlash, qorachiqlar torayishi, nistagmus, me’da-ichak trakti peristaltikasining kuchayishi, beixtiyor axlat va siydik chiqarish, qusish, sariqlik, bradikardiya, yurak ichidagi o‘tkazuvchanlikning buzilishi, aritmiya, arterial gipotenziya, bezovtalik, xavotir, qo‘zg‘alish, qo‘rqish hissi, ataksiya, tutqanoq, koma, nutqning buzilishi, uyquchanlik, umumiy holsizlik). Davolash: simptomatik davolash o'tkaziladi, m-xolinolitik moddalar qo'llaniladi (shu jumladan atropin, siklodol, metatsin).