Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Itrakonazol yoki preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik; izoferment CYP3A4 substratlari bo‘lgan preparatlar, masalan, buyrak yoki jigar funksiyasi og‘ir buzilgan bemorlarda levatsetilmetadon, metadon, dizopiramid, dofetilid, dronedaron, xinidin, telitromitsin, tikagrelor, galofantirin, astemizol, mizolastin, terfenadin, zamburug‘ alkaloidlari (digidroogotamin, ergometrin, ergotamin, metilergometrin), elektiptan, irinotekan, lurazidon, og‘iz orqali qabul qilish uchun midazolam, pimozid, sertindol, triazolam, bepridil, felodipin, lerkamidipin, nizoldipin, ivabradin, ranolazin, eplerenon, tsizaprid, domperidon, lovastatin, simvastatin, atorvastatin, fenzoterodin (buyrak yoki jigar funksiyasi o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilgan bemorlarda), solifenatsin (buyrak funksiyasi og‘ir darajada va jigar funksiyasi o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilgan bemorlarda), kolxitsin (jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Itrakonazolning CYP3A4 substratlari bilan bir vaqtda qo‘llanishi itrakonazolning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi, terapevtik va nojo‘ya ta'sirlarni kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin, bu potensial xavf tug‘dirishi mumkin (ba'zi preparatlar plazmadagi konsentratsiyasi oshishi QT intervalining uzayishiga va yurak taxiaritmiyasiga olib kelishi, shu jumladan, o‘limga olib keladigan "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasiga sabab bo‘lishi mumkin). Surunkali yurak yetishmovchiligi (hozirgi yoki anamnezda, hayot uchun xavf tug‘diruvchi yoki boshqa xavfli infeksiyalarni davolash bundan mustasno); fruktozani toqat qilmaslik, saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlik (hayot uchun xavfli holatlar bundan mustasno va faqat onaga kutilgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan zarardan ustun bo‘lganida); emizish davri. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: jigar sirrozi, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, boshqa azollarga yuqori sezuvchanlik, keksa yoshdagilar va bolalar.