Me’da-ichak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga muntazam tibbiy kuzatuv talab qilinadi. Me’da-ichak yarasi yoki me’da-ichak qon ketishi yuzaga kelganda Amelotex®ni bekor qilish kerak. NVSPlarni qo‘llashda me’da-ichak yaralari, perforatsiya yoki qon ketishlari har qanday vaqtda paydo bo‘lishi mumkin, bu kabi tashvishli belgilar yoki anamnezda og‘ir me’da-ichak asoratlari bo‘lganida ham, bunday belgilar yo‘qligida ham. Ushbu asoratlarning oqibatlari, odatda, keksa yoshdagi odamlarda jiddiyroq bo‘ladi. Amelotex® preparatini qo‘llashda teri tomondan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun teri va shilliq qavatlaridan kelib chiqqan nojo‘ya ta’sirlar, shuningdek, preparatga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi haqida xabar bergan bemorlarga alohida e’tibor berish kerak, ayniqsa, bunday reaksiyalar avvalgi davolash kurslari davomida kuzatilgan bo‘lsa. Bunday reaksiyalar, odatda, davolashning birinchi oyida kuzatiladi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarning o‘zgarishi yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilarining birinchi belgilari paydo bo‘lganda Amelotex®ni qo‘llashni to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. NVSPlarni qabul qilishda jiddiy yurak-qon tomir trombozlari, miokard infarkti, stenokardiya xurujlari, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar xavfi ortishi haqida xabarlar mavjud. Bunday xavf preparatni uzoq muddat qo‘llash davomida, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklari bo‘lgan bemorlarda va bunday kasalliklarga moyil bo‘lgan bemorlarda ortadi. NVSPlar buyraklarda prostaglandin sintezini ingibirlaydi, ular buyrak perfuziyasini saqlashda ishtirok etadi. NVSPlarni buyrak qon oqimi kamaygan yoki OVKT kamaygan bemorlarda qo‘llash yashirin buyrak yetishmovchiligining dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin. NVSPni bekor qilgandan so‘ng, buyrak funksiyasi odatda dastlabki darajasiga qaytadi. Ushbu reaksiyani rivojlanish xavfi eng yuqori bo‘lgan bemorlar keksa yoshdagi bemorlar, dehidratatsiya, XSY, jigar sirrozi, nefrotik sindrom yoki buyrak funksiyasining o‘tkir buzilishlari bo‘lgan bemorlar, diuretiklar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar, shuningdek, gemodializga olib keladigan jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan o‘tgan bemorlar. Bunday bemorlarni davolashning boshida diurez va buyrak funksiyasini diqqat bilan kuzatish kerak. NVSPlarni diuretiklar bilan birgalikda qo‘llash natriy, kaliy va suvning ushlanishiga, shuningdek, diuretiklarning natriyurik ta’sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Natijada, moyil bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi yoki arterial gipertenziya belgilari kuchayishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarning holatini diqqat bilan kuzatish, shuningdek, ularda yetarli darajada suyuqlik qabul qilish zarur. Davolashni boshlashdan oldin buyrak funksiyasini o‘rganish kerak. Kombinatsiyalangan terapiya o‘tkazilganda buyrak funksiyasini ham kuzatish kerak. Amelotex® preparatini qo‘llashda (shuningdek, boshqa ko‘pgina NVSPlarni) qonda transaminazlar faolligining vaqt-vaqti bilan oshishi yoki jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining boshqa o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘pgina hollarda bu o‘zgarishlar kichik va o‘tkinchi bo‘lgan. Agar aniqlangan o‘zgarishlar sezilarli bo‘lsa yoki vaqt o‘tishi bilan kamaymasa, Amelotex®ni bekor qilish va aniqlangan laboratoriya o‘zgarishlarini kuzatish kerak. Zaiflashgan yoki ozg‘in bemorlar nojo‘ya ta’sirlarni yomonroq o‘tkazishlari mumkin, shuning uchun bunday bemorlarga diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab qilinadi. Boshqa NVSPlarga o‘xshash Amelotex® asosiy infeksion kasallikning belgilari yashirishga qodir. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatning transport vositalari va mexanizmlar boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha maxsus klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalari boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rish buzilishlari yoki markaziy nerv tizimidan kelib chiqqan boshqa buzilishlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Bemorlar transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikni saqlashlari kerak.