Normal buyrak funksiyasiga ega bemorlarda dozani oshirib yuborish ehtimoldan yiroq. Preparatning yuqori dozalarini qo'llashda buyraklarga katta ta'sir ko'rsatadigan omil bu preparatning yarim chiqarilish davri bo'lib, u taxminan 2 soatni tashkil etadi. Simptomlar: sianoz, bradikardiya, atsidoz, o'pka qon ketishi, yurak to'xtashi, uyqusizlik yoki uyquchanlik, holsizlik, charchoq, stupor, epileptik sindrom, koma, ruhiy buzilishlar (gallyutsinatsiyalar, depersonalizatsiya, qo'rquv, dezorientatsiya, echolaliya, depressiya, amneziya, psixoz, ambliopiya, diplopiya, fotofobiya), gipertesteziya, ko'rish, eshitish yoki nutq buzilishlari, elektroensefalogrammadagi (EEG) o'zgarishlar, meningizm, giperefleksiya yoki arefleksiya, gemiplegiya, falajlik, kvadriplejiya, tremor, miyaga qon quyilishi. Dozani oshirib yuborish holatida suyuqlik-elektrolit balansini tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish kerak. Keyingi uch kun davomida buyrak funksiyasini monitoring qilish zarur. Maxsus antidot mavjud emas, davolash simptomatik va gemodializ o'tkazilishi mumkin. Davolash: 10 mg diаzepam vena ichiga sekin yuboriladi, 20-30 minutdan keyin tutqanoq to'xtaganidan so'ng mushak ichiga 200 mg fenobarbital yuboriladi. Hayotiy funksiyalarni nazorat qilish va qo'llab-quvvatlash, simptomatik terapiya o'tkazish.