Mikrobga qarshi vosita, oksazolidinonlar sinfiga mansub. Ta’sir mexanizmi bakteriyalarda oqsil sintezini selektiv ravishda ingibirlay olish qobiliyatiga asoslangan. Linezolid bakterial ribosomalar bilan bog‘lanib, oqsil sintezi jarayonida 70S funktsional boshlang‘ich kompleksining hosil bo‘lishini oldini oladi. Aerob grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol: Corynebacterium jeikeium, Enterococcus faecalis (glikopeptidga chidamli shtammlar jumlasidan), Enterococcus faecium (glikopeptidga chidamli shtammlar jumlasidan), Enterococcus casseliflavus, Enterococcus gallinarum, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus (metitsillinga chidamli shtammlar jumlasidan), Staphylococcus aureus (glikopeptidlarga o‘rtacha sezgir shtammlar), Staphylococcus epidermidis (metitsillinga chidamli shtammlar jumlasidan), Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus lugdunensis, Streptococcus agalactiae, Streptococcus intermedius, Streptococcus pneumoniae (penitsillinga chidamli shtammlar jumlasidan), Streptococcus spp. (C va G guruh streptokokklari), Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans; aerob grammanfiy bakteriyalar: Pasteurella canis, Pasteurella multocida; anaerob grammusbat bakteriyalar: Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp. (shu jumladan Peptostreptococcus anaerobius); anaerob grammanfiy bakteriyalar: Bacteroides fragilis, Prevotella spp.; Chlamydia pneumoniae. Legionella spp., Moraxella catarrhalis, Mycoplasma spp. ga nisbatan kamroq faol. Haemophilus influenzae, Neisseria spp., Enterobacteriaceae, Pseudomonas spp. ga nisbatan faol emas. Linezolid va aminoglikozidlar, beta-laktam antibiotiklari, foliy kislotasi antagonistlari, glikopeptidlar, linkozamidlar, xinolonlar, rifamitsinlar, streptograminlar, tetratsiklinlar va xloramfenikol o‘rtasida o‘zaro chidamlilik kuzatilmagan, chunki linezolidning ta’sir mexanizmi ushbu antibakterial preparatlarning ta’sir mexanizmidan farq qiladi. Linezolidga chidamlilik 23S ribosomal RNKning ko‘p bosqichli mutatsiyasi orqali sekin rivojlanadi va uning chastotasi 1×10⁻⁹ dan 1×10⁻¹¹ gacha.