Preparat dozasi oshirib yuborilganda D3 gipervitaminozi, giperkalsemiya va giperkaltsiuriya rivojlanishi mumkin. Simptomlar: chanqash, poliuriya, ishtahaning pasayishi, qabziyat, ko'ngil aynishi, qayt qilish, bosh aylanishi, mushaklarning holsizligi, bosh og'rig'i, hushdan ketish, koma, ortiqcha charchoq, suyaklardagi og'riq, ruhiy buzilishlar, nefrokaltsinoz, qorin og'rig'i, buyrak tosh kasalligi, og'ir hollarda - yurak aritmiyalari. Kaltsiy 2500 mg dan ortiq dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda - buyrak shikastlanishi, yumshoq to'qimalarning kaltsinatsiyasi. Dozani oshirib yuborishning dastlabki belgilarida bemor preparatni qabul qilishni kamaytirishi yoki to'xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak. Sutkasiga 7,5 mmol (300 mg) dan yuqori giperkaltsiuriya holatlarida preparat dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni to'xtatish zarur. Davolash: regidratatsiya o'tkazish, "halqali" diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kalsitonin, bisfosfonatlar qo'llash, og'ir hollarda gemodializ o'tkazish. Tasodifan dozani oshirib yuborish holatida qayt qilishni chaqirish, oshqozonni yuvish kerak. Zarur bo'lganda - simptomatik terapiya o'tkaziladi.