Dozani oshirib yuborish simptomlari: anoreksiya, chanqash, poliuriya, ishtahaning pasayishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, holsizlik, ko'ngil aynishi, qayt qilish, giperkaltsiuriya, giperkalsemiya, giperkreatinemiya. Yuqori dozalarni uzoq muddat qabul qilish qon tomirlarda va to'qimalarda kaltsinatsiyaga olib kelishi mumkin. Laborator ko'rsatkichlar: giperkalsemiya (qonda Ca2+ 2,6 mmol), giperkaltsiuriya. Dozani oshirib yuborish klinik simptomlari rivojlanganda, qonda kaltsiy va kreatinin miqdorini aniqlash zarur. Agar qon zardobida kaltsiy yoki kreatinin konsentratsiyasi oshgan bo'lsa, preparat dozasini kamaytirish yoki davolashni vaqtincha to'xtatish kerak. Agar sutkasiga 7,5 mmol (300 mg) dan ortiq giperkaltsiuriya aniqlansa, doza kamaytirilishi yoki preparat qabul qilish to'xtatilishi zarur. Davolash: regidratatsiya, "halqali" diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kalsitonin, bisfosfonatlar qo'llash, og'ir hollarda gemodializ o'tkazish. Dozani oshirib yuborish belgilarini sezsangiz, shifokorga murojaat qiling.