Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Serebrovaskulyar yetishmovchilik, asteniya, keksalarda depressiv buzilishlar. Xavotir, qo‘rquv, yuqori darajada asabiylashish, emotsional beqarorlik bilan kechadigan holatlar. Turli nerv-psixik kasalliklar bilan bog‘liq astenik holatlar. Kompleks davolash tarkibida – o‘tkir alkogol intoksikatsiyasini bartaraf etish uchun; surunkali alkogolizmda – astenik, asteno-nevrotik, psixotik holatlar va relapsoldi holatlarni, shuningdek, alkogolli ensefalopatiyani yengillashtirish uchun. Kompleks terapiya tarkibida – migren (profilaktikasi), bosh miya travmasi (BMT), neyroinfeksiya. Jismoniy va aqliy yuklanishlarni yengishga bardoshlikni yaxshilash uchun (keskin va ekstremal sharoitlarda ishlaydigan shaxslarda; sportchilarni jismoniy faoliyatga qaytarish, jismoniy va aqliy yuklarga chidamliligini oshirish uchun). Ochik burchakli glaukoma (ko‘rish funksiyasini barqarorlashtirish uchun). Urologik amaliyotda (3 yoshdan katta bolalar va kattalarda siydik chiqarish buzilishlari bo‘lganida) siydik pufagining adaptatsion funksiyasini yaxshilash uchun (detruzorning gipoksiyasini kamaytirish).