Nootrop vosita. Kuchli antiamnestik ta'sir ko‘rsatadi, miya integrativ faoliyatini faollashtiradi, xotiraning mustahkamlanishiga yordam beradi, diqqatni jamlashni va aqliy faoliyatni yaxshilaydi, o‘rganish jarayonlarini yengillashtiradi, miya yarim sharlar orasidagi ma'lumot uzatishni tezlashtiradi, miya to‘qimalarining gipoksiya va toksik ta'sirlarga chidamliligini oshiradi, tutqanoqqa qarshi va anksiolitik (tashvishni kamaytiruvchi) faollikka ega, markaziy asab tizimi (MAT)ning faollashuv va tormozlanish jarayonlarini tartibga soladi, kayfiyatni yaxshilaydi. Miya metabolik jarayonlariga va qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini rag‘batlantiradi, glyukozaning utilizatsiyasi hisobiga organizmning energetik potensialini oshiradi, ishemiyaga uchragan miya qismlarida mahalliy qon oqimini yaxshilaydi. Miya to‘qimalarida norepinefrin, doфamin va serotonin miqdorini oshiradi. GABA miqdoriga ta'sir qilmaydi, GABAA va GABAB retseptorlari bilan bog‘lanmaydi, miya bioelektrik faolligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Nafas olish va yurak-qon tomir tizimiga ta'sir qilmaydi. Yengil diuretik ta'sirga ega. Kurs bilan qo‘llanganda anoreksigen (ishtahani pasaytiruvchi) faollik ko‘rsatadi. Harakat reaksiyalari bo‘yicha mo‘tadil faollashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, neyroleptiklarning kataleptik ta'siriga kuchli antagonizm ko‘rsatadi, etanol va geksenalning uyqu ta’sirini kamaytiradi. Psixostimulyatsiya qiluvchi ta'sir asosan ideator sohada ustunlik qiladi. Preparatning mo‘tadil psixoaktivlashtiruvchi effekti anksiolitik faollik bilan uyg‘unlashadi; kayfiyatni yaxshilaydi, og‘riqni kamaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, og‘riq sezuvchanligi chegarasini oshiradi. Adaptogen ta'sir ko‘rsatadi, psixik va jismoniy yuklama, charchoq, gipokineziya va immobilizatsiya, past haroratlarda stressga chidamliligini oshiradi. Preparat qo‘llanilishi fonida ko‘rish yaxshilanadi (o‘tkirlik, yorqinlik va ko‘rish maydonlari oshadi); oyoq-qo‘llarda qon bilan ta'minlanish yaxshilanadi. Antigen kiritilishiga javoban antitanalar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, bu uning immunostimulyatsion xususiyatlarini ko‘rsatadi, ammo shu bilan birga, zudlik bilan yuzaga keladigan gipersensitivlik reaksiyalarini chaqirmaydi va begona oqsil kiritilishi natijasida yuzaga kelgan allergik teri yallig‘lanishi reaksiyasini o‘zgartirmaydi. Ekstremal sharoitlarda qo‘llanganda preparat bir martalik qabuldan keyin ham ta'sir ko‘rsatadi, bu muhim ahamiyatga ega.