Agar jigarga zarar yetkazilishining belgilari (anoreksiya, terining qichishi, teri sarg‘ayishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorin og‘rig‘i, siydikning to‘q rangga kirishi, jigar transaminazalari faolligining oshishi) paydo bo‘lsa, nimesulidni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Bunday bemorlarda nimesulidni qayta qo‘llash mumkin emas. Nimesulidning qisqa muddatli qo‘llanishida jigar reaksiyalari, ko‘pincha qaytuvchan xususiyatga ega bo‘lgan holatlar haqida xabar berilgan.
Nimesulid qabul qilish vaqtida bemor boshqa og‘riq qoldiruvchi vositalardan, shu jumladan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalardan (NPVS, shu jumladan selektiv COX-2 ingibitorlari) saqlanishi kerak. Nimesulidni oshqozon-ichak traktining (O‘IT) kasalliklari tarixi bo‘lgan bemorlarda (yarali kolit, Kron kasalligi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu kasalliklarning kuchayishi mumkin. Oshqozon-ichak qon ketishi, oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi/perforatsiyasi xavfi, O‘IT yarali kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) tarixi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, keksa bemorlarda va NPVS dozasini oshirish bilan birga, kuchayadi. Shuning uchun davolashni eng past dozalardan boshlash kerak. Bunday bemorlar, shuningdek, kam dozalarda asetilsalitsil kislotasi yoki O‘IT bilan bog‘liq asoratlar xavfini oshiruvchi boshqa dorilarni bir vaqtning o‘zida qabul qilishi kerak bo‘lgan bemorlarga qo‘shimcha ravishda gastroprotektorlar (misoprostol yoki proton nasosi ingibitorlari) buyurilishi tavsiya etiladi. O‘IT kasalliklari tarixi bo‘lgan bemorlar, ayniqsa keksa bemorlar, O‘ITdan kelib chiqadigan yangi simptomlar, ayniqsa, oshqozon-ichak qon ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan simptomlar haqida shifokorga xabar berishlari kerak.
Nimesulidni qabul qilayotgan bemorlarda oshqozon-ichakdan qon ketishi yoki O‘ITning yarali shikastlanishi paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak. Boshqa NPVS qabul qilgan bemorlarda ko‘rishning buzilishi haqida xabarlar bo‘lgani sababli, nimesulid qabul qilinganda ko‘rishning har qanday buzilishi paydo bo‘lsa, uni qabul qilishni darhol to‘xtatish va oftalmologik tekshiruv o‘tkazish kerak. Nimesulid suyuqlikni ushlab turishi mumkin, shuning uchun arteriyal gipertenziya, buyrak va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Holat yomonlashgan taqdirda, nimesulid bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Klinik tadqiqotlar va epidemiologik ma'lumotlar NPVS, ayniqsa, yuqori dozalarda va uzoq muddat qo‘llanilganda, miokard infarkti yoki insult rivojlanish xavfini biroz oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Nimesulidni qo‘llashda bunday hodisalar xavfini chiqarib tashlash uchun yetarli ma'lumot mavjud emas. Agar nimesulid qabul qilish paytida shamollash yoki O‘RVI belgilari paydo bo‘lsa, uni darhol to‘xtatish kerak. Nimesulid trombotsitlarning xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin, shuning uchun uni qon ketish diatezi bo‘lgan odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, ammo nimesulid yurak-qon tomir kasalliklarida asetilsalitsil kislotasining profilaktik ta'sirini almashtirmaydi.
Keksa yoshdagi bemorlar NPVSga, shu jumladan, oshqozon-ichakdan qon ketish va perferatsiyalari, buyrak, jigar va yurak faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga juda sezgir. Nimesulidni qabul qilishda ushbu toifadagi bemorlarni sinchkov klinik nazorat ostida ushlab turish kerak.
Agar teri toshmasi, shilliq qavatlar zararlanishi yoki boshqa allergik reaktsiya belgilari paydo bo‘lsa, nimiesulidni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: Nimesulidni qo‘llash davrida avtotransport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqatni jamlashni va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyatlarda ehtiyotkorlik talab etiladi.