Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Turli xil genez bilan kechadigan og‘riq va yallig‘lanish jarayonlarining simptomatik terapiyasi, jumladan: revmatoid artrit va periartrit; ankilozlovchi spondilit (Behterev kasalligi); psoriatik artrit; reaktiv artrit (Reyter sindromi); turli joylashuvdagi osteoartroz; tendinit, bursit; mialgiya; nevralgiya; radikulit; o‘ziga xos harakat tizimi travmalari (shu jumladan sport jarohatlari), mushak va paylarning lat yeyishi, paylarning cho‘zilishi, bog‘lam va paylarning yirtilishi.