Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlik; bronxial astma, burun yoki burun-atrofi sinuslarning qaytalanuvchi polipozi va asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilar (NYAVD)ga intoleransning to'liq yoki qisman birikmasi (shu jumladan anamnezda); anamnezda NYAVD qabul qilish natijasida yuzaga kelgan eshakemi va rinit; pirazolon turidagi dorilarga intolerans; gipovolemiya (uning sababi har qanday bo'lishidan qat'i nazar); oshqozon-ichak traktining eroziyali-yarali lezyonlari kuchayish fazasida; gipokoagulyatsiya (shu jumladan gemofiliya), qon ketishlar yoki ularning rivojlanish xavfi; og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam); og'ir jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; aorta-koronar shuntlashdan keyingi holat; tasdiqlangan giperkalemiya; homiladorlik (III trimestr), tug'ruq va emizish davri; ichak yallig'lanish kasalliklari; 16 yoshgacha bo'lgan bolalar (qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan). Ehtiyotkorlik bilan qo'llash: bronxial astma, oshqozon-ichak traktiga toksiklikni oshiruvchi omillar (alkogolizm, chekish, xolelitiaz); operatsiyadan keyingi davr; surunkali yurak yetishmovchiligi; shish sindromi; arterial gipertenziya; o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (qon plazmasidagi kreatinin 50 mg/l dan kam); xolestaz; faol gepatit; sepsis; sistemali qizil yuguruk; boshqa NYAVD bilan bir vaqtda qo'llash; ishemik yurak kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, kreatinin klirensi 30-60 ml/min; anamnezda oshqozon-ichak trakti yarali lezyonlari, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, NYAVD uzoq muddatli qo'llanishi, og'ir somatik kasalliklar, peroral GKS bilan birga qo'llash (masalan, prednizolon), antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, klopidogrel), serotoninni qayta qabul qilishning selektiv ingibitorlari (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin), keksa yoshdagi bemorlar (65 yoshdan katta), homiladorlikning I va II trimestrlari.