Lizinopril
Ma'lumotlar: Insonlarda dozani oshirib yuborish bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan.
Simptomlar: arterial gipotenziya, aylanish shoki, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyatsiya, taxikardiya, yurak urishi, bradikardiya, bosh aylanishi, tashvish, yo‘tal, diurezning oshishi, ongning susayishi (hatto komaga qadar), tutqanoqlar, parez, yurak ritmining buzilishi, buyrak yetishmovchiligi. Gipo-kaliemiya digoksin qabul qilayotgan bemorlarda aritmiyani kuchaytirishi mumkin.
Davolash: fiziologik eritma infuziyasi. Arterial gipotenziya rivojlanganida bemor orqasiga yotqizilishi kerak. Zarur bo‘lganda, angiotenzin II infuziyasi va/yoki vena ichiga katexolaminlar kiritilishi mumkin. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, lizinoprilni organizmdan chiqarish uchun choralar ko‘riladi (masalan, qayt qilishni qo‘zg‘atish, oshqozonni yuvish, absorbentlar va natriy sulfat kiritish). Lizinopril umumiy qon oqimidan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin. Bradikardiyani yoki kuchli vagal reaksiyalarni tuzatish uchun atropin qo‘llanadi. Bradikardiya terapiyaga qaram bo‘lsa, elektrokardiostimulyator qo‘yish kerak. Hayotiy muhim funksiyalar, elektrolitlar va qondagi kreatinin darajasi sinchiklab nazorat qilinishi kerak.
Gidroxlorotiyazid
Simptomlar: Gidroxlorotiyazid bilan dozani oshirishning eng keng tarqalgan belgisi suyuqlik yo‘qotilishi (degidratatsiya) va elektrolitlarning buzilishi (gipokaliemiya, giponatriemiya, gipoxloremiya) bilan kechuvchi diurezning ko‘payishidir. Gidroxlorotiyazid bilan dozani oshirish quyidagi simptomlarni keltirib chiqarishi mumkin:
Yurak-qon tomir tizimi tomondan: taxikardiya, A/Bning pasayishi, shok.
Asab tizimi tomondan: holsizlik, ongning chalkashishi, bosh aylanishi, boldir mushaklarida spazm, paresteziya, ongning susayishi, charchoq.
Me’da-ichak tizimi tomondan: ko‘ngil aynishi, qayt qilish, chanqoq.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomondan: poliuriya, o‘liguriya yoki anuriya (qonning qovushqoqligi oshishi tufayli).
Laborator ko‘rsatkichlar: gipokaliemiya, giponatriemiya, gipoxloremiya, alkaloz, qonda azot miqdorining oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda).
Davolash: Dozani oshirib yuborish holatida simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi davolash o‘tkaziladi. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, gidroxlorotiyazidni chiqarish uchun qayt qilishni qo‘zg‘atish yoki oshqozonni yuvish tavsiya etiladi. Gidroxlorotiyazidning so‘rilishini faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish orqali kamaytirish mumkin. Arterial bosimning pasayishi yoki shok holatida qon hajmini plazmani o‘rnini bosuvchi suyuqliklar bilan tiklash, elektrolitlar yetishmasligini (kaliy, natriy) qoplash zarur. Nafas olishning buzilishida kislorod inhalyatsiyasi yoki sun’iy nafas olish (IVL) qo‘llanadi. Suv-elektrolit balansi va buyrak funksiyasi normallashguncha nazorat ostida bo‘lishi kerak. Maxsus antidot mavjud emas. Gidroxlorotiyazid gemodializ orqali chiqarilishi mumkin, ammo chiqarilish darajasi aniqlanmagan.