Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Indapamidga, ramiprilga, boshqa AFT ingibitorlariga, sulfonamid hosilalari va preparat tarkibidagi yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; angionevrotik shish tarixda mavjudligi (irsiy yoki idiopatik, shuningdek, oldingi AFT ingibitorlari bilan davolashda bog‘liq); gemodinamika jihatdan ahamiyatli buyrak arteriyalari stenozi (ikkala tomonlama yoki yagona buyrakda bir tomonlama); arterial gipotenziya (sistolik QD 90 mm sim.ust. dan kam) yoki gemodinamik ko‘rsatkichlarning beqaror holati; diabetik nefropatiyasi bo‘lgan bemorlarda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llash; neytral endopeptidaza ingibitorlari (masalan, sakubitril saqlovchi preparatlar) bilan bir vaqtda qo‘llash (angionevrotik shish rivojlanish xavfi yuqori); sakubitril/valsartan birgalikda qo‘llash (angionevrotik shish rivojlanish xavfi yuqori); gemodinamika jihatdan ahamiyatli aortal yoki mitral klapan stenozi yoki gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP); birlamchi giperal’dosteronizm; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (glomerulyar filtratsiya tezligi 20 ml/min/1,73 m² dan kam) (klinika tajribasi yetarli emas); gemodializ (klinika tajribasi yetarli emas); GKS, NPYA, immunomodulyatorlar va/yoki boshqa sitotoksik preparatlar bilan davolanayotgan nefropatiya (klinika tajribasi yetarli emas); dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi (klinika tajribasi yetarli emas); manfiy zaryadlangan yuzaga ega bo‘lgan ayrim membranalar, masalan, yuqori o‘tkazuvchan poliakrilnitril membranalari bilan gemodializ yoki gemofiltratsiya (og‘ir anafilaktoid reaksiyalar rivojlanishi xavfi); dekstran sulfat bilan past zichlikdagi lipoproteinlar aferezi (og‘ir anafilaktoid reaksiyalar rivojlanishi xavfi); asalarilar va ari kabi qanotli hasharotlar zaharlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini desensitizatsiya terapiyasini o‘tkazish; aliskiren va aliskiren saqlovchi preparatlarni qandli diabet va/yoki buyrak funksiyasi o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilgan bemorlarda (glomerulyar filtratsiya tezligi 60 ml/min/1,73 m² dan kam) bir vaqtda qo‘llash; og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV funksional sinf); beqaror stenokardiya; hayot uchun xavfli qorinchalar ritm buzilishi; o‘pka yuragi; jigar ensefalopatiyasi yoki og‘ir jigar funksiyasi buzilishi; gipokaliemiya; galaktoz intoleransi, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi; homiladorlik; emizish davri; 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan). Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash:
• Aliskiren saqlovchi preparatlar yoki angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llash (RAASni ikki tomonlama blokirovkalashda, monoterapiya bilan solishtirganda, QD keskin pasayishi, giperkaliemiya va buyrak funksiyasining yomonlashishi xavfi yuqori);
• QDning haddan tashqari tushishi ayniqsa xavfli bo‘lgan holatlar (koronar va miya arteriyalarining aterosklerotik zararlanishlari);
• RAAS faolligi oshgan holatlar, bunda AFT ingibitsiyasi tufayli QD keskin pasayishi va buyrak funksiyasining yomonlashishi xavfi mavjud;
• O‘ta yuqori arterial gipertenziya, ayniqsa xavfli arterial gipertenziya;
• Surunkali yurak yetishmovchiligi, ayniqsa og‘ir darajasi yoki gipotenziv ta’sirga ega boshqa dori vositalari bilan davolanayotgan holatlarda;
• Gemodinamika jihatdan ahamiyatli bir tomonlama buyrak arteriyasi stenozi (ikkala buyrak mavjud bo‘lsa) – bunday bemorlarda plazmadagi kreatinin konsentratsiyasining hatto ozgina oshishi ham buyrak funksiyasining bir tomonlama yomonlashishiga olib kelishi mumkin;
• Diuretiklarni oldin qabul qilish;
• Suyuqlik va osh tuzi yetishmovchiligi, diareya, qusish, kuchli terlash natijasida suv-elektrolit balansi buzilishi;
• Jigar funksiyasi buzilishlari (klinika tajribasi yetarli emas: dori vositasining ta’siri kuchayishi yoki kamayishi mumkin);
• Askit va shish bilan kechuvchi jigar sirrozi (RAASning kuchli faollashuvi ehtimoli yuqori);
• Qandli diabet (giperkaliemiya rivojlanish xavfi);
• Buyrak funksiyasi buzilishlari (glomerulyar filtratsiya tezligi 20 ml/min/1,73 m² dan yuqori) (giperkaliemiya va leykopeniya rivojlanish xavfi);
• Buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat;
• Biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari (SKV, sistemali sklerodermiya);
• Suyak iligi qon hosil qilish tizimining bostirilishi;
• Miyelotoksik preparatlar, immunosupressantlar bilan birga davolash (suyak iligi qon hosil qilish tizimining bostirilishi, neytropeniya yoki agranulotsitoz rivojlanishi ehtimoli);
• Giperkaliemiya;
• Yirik jarrohlik aralashuvlar vaqtida yoki umumiy behushlikda;
• Giperurikemiya va podagra;
• Giperparatireoz;
• EKGda QT intervalining uzayishi;
• QT intervalini uzaytirishi mumkin bo‘lgan dorilar bilan birga qo‘llash;
• "Piruet" turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dorilar bilan birga qo‘llash;
• Lityum preparatlari bilan birga qo‘llash;
• Gipokaliemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan birga qo‘llash;
• Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash;
• Holsizlangan bemorlarda qo‘llash;
• Katta yoshli bemorlar (gipotenziv ta’sir kuchayishi xavfi);
• Afrika irqiga mansub bemorlar.