Arterial gipotenziya (sistolik qon bosimi 90 mm simob ustunidan past); kardiogen shok, kollaps; dekompensatsiyadagi surunkali yurak yetishmovchiligi; kuchli aorta stenozi; beqaror stenokardiya; o‘tkir miokard infarkti (dastlabki 4 hafta); rifampitsin bilan birga qo‘llash; homiladorlikning I trimestri; emizish davri (ko‘krak suti bilan boqish); nifedipin va boshqa 1,4-digidropiridin hosilalariga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: mitral klapan stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, kuchli bradikardiya yoki taxikardiya, sinus tuguni zaifligi sindromi (STZS), xavfli arterial gipertenziya, gipovolemiya, og‘ir miya qon aylanishining buzilishi, chap qorincha yetishmovchiligi bilan kechuvchi miokard infarkti, me’da-ichak traktining o‘tkazuvchanlik buzilishi, buyrak va jigar yetishmovchiligi, gemodializ (arterial gipotenziya xavfi tufayli), homiladorlikning II va III trimestrlari, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan), beta-adrenoblokatorlar, digoksin bilan bir vaqtda qo‘llash.
Bolalarda foydalanish
Ehtiyotkorlik bilan 18 yoshgacha qo‘llash tavsiya etiladi (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).
Maxsus ko‘rsatma
Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Farmakologik ta'siri
Farmakokinetika
Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Dozalash tartibi
Homilalik davrida foydalanish
Qo‘llash mumkin emas Preparat homiladorlikning III trimestrida va emizish davrida qo‘llash uchun mumkin emas. Homiladorlikning I va II trimestrlarida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Jigar disfunktsiyasi uchun foydalanish
Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi.
Buyrak etishmovchiligi uchun foydalanish
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligi.
Sotish shartlari
Preparat retsept bo‘yicha beriladi. AGA-RU-00002-DOK-PHARM
Dozani oshirib yuborish
Belgilar: bosh og‘rig‘i, yuz terisining giperemiyasi, arterial bosimning uzoq davom etuvchi pasayishi, sinus tuguni faoliyatining susayishi, bradikardiya/taxikardiya, bradiaritmiya. Og‘ir zaharlanishda — hushdan ketish, koma. Davolash: simptomatik terapiya o‘tkazish. Og‘ir zaharlanish holatida (kolaps, sinus tuguni susayishi) oshqozonni (zarur bo‘lsa, ingichka ichakni) yuvish, faol ko‘mir buyurish. Antidot sifatida kalsiy preparatlari qo‘llaniladi, vena ichiga 10% kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat kiritish, so‘ngra uzoq muddat infuziya qilish tavsiya etiladi. Arterial bosim sezilarli darajada pasaysa, dopamin, dobutamin, adrenalin yoki norepinefrinni vena ichiga asta-sekin kiritish tavsiya etiladi. Qondagi glyukoza (insulin ajralishi kamayishi mumkin) va elektrolitlar (K+, Ca2+) miqdorini kuzatish tavsiya etiladi. Yurak yetishmovchiligi rivojlanganida – vena ichiga strofantin kiritish. O‘tkazuvchanlik buzilishida – atropin, izoprenalin yoki vaqtinchalik yurak stimulyatorini qo‘llash. Gemodializ samarasiz, plazmaferez tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari
Preparatni bolalar ololmaydigan, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 15-25°C haroratda saqlash kerak.
DIQQAT!
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish
to‘g‘risida” 08.09.2017 yildagi qonuniga muvofiq:
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu
jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib
qilishga undaydigan;
bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda
faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda
ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari
bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki
oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning
boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;
uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;
g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, shu jumladan bunday bolaning
familiyasi, ismi, otasining ismi, uning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari,
bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi,
o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon
beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan
axborot mahsulotlari jumlasiga kiradi.
Shunga ko‘ra, davo.uz saytida e’lon qilinayotgan ayrim axborot (xabar, ma’lumot, maqola)lar bolalar uchun
taqiqlangan axborot mahsuloti hisoblanadi va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar undan foydalanishi taqiqlanadi.