Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Ichga qabul qilish uchun: aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, uyquchanlik, qon tomir genezi bilan bosh og‘rig‘i (jumladan, migren), o‘rtacha arterial gipotenziya. Terining ostiga yuborish uchun: aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, uyquchanlik, qon tomir genezi bilan bosh og‘rig‘i (jumladan, migren), o‘rtacha arterial gipotenziya, nafasni susayishi (jumladan, narkotik analgetiklar va uyqu dorilar bilan yengil zaharlanishlar, uglerod oksidi bilan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi), umumiy behushlikdan keyin o‘pka ventilyatsiyasini tiklash. Subkon'yunktival qo‘llash uchun: kattalarda siliokorioidal ajralish.