Pamidron kislotasining nojo'ya ta'sirlari odatda yengil va o'tkinchidir. Eng tez-tez uchraydigan nojo'ya ta'sirlar grippga o'xshash simptomlar va subfebril harorat (tana haroratining 1-2°С ga ko'tarilishi) bo'lib, odatda preparat infuziyasidan keyingi dastlabki 48 soat ichida rivojlanadi. Klinik jihatdan ifodalangan gipokaltsiemiya juda kam kuzatiladi.
Nojo'ya ta'sirlarning uchrash tezligi:
Juda tez-tez (>1/10)
Tez-tez (>1/100, <1/10)
Kamdan-kam hollarda (>1/1000, <1/100)
Juda kam hollarda (>1/10000, <1/1000)
Juda kam hollarda (<1/10000, shu jumladan alohida holatlar)
Qon yaratish tizimi tomonida:
Tez-tez: limfotsitopeniya
Kamdan-kam hollarda: anemiya, leyopeniya
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya
Immun tizimi tomonida:
Kamdan-kam hollarda: gipersensitivlik, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar, bronxospazm, nafas qisilishi, angionevrotik shish
Juda kam hollarda: anafilaktik shok, herpessimplex va herpeszoster viruslarining reaktivatsiyasi
Asab tizimi tomonida:
Tez-tez: bosh og'rig'i
Kamdan-kam hollarda: qo'zg'alish, ong chalkashligi belgilari, bosh aylanishi, uyqusizlik, ortiqcha uyquchanlik, sekinlashish
Juda kam hollarda: epileptoid tutqanoqlar, ko'rish gallyutsinatsiyalari, klinik gipokaltsiemiya (paresteziya, tetaniya, mushak spazmi)
Ko'z organi tomonida:
Kamdan-kam hollarda: uveitlar (irit, iridotsiklit), sklerit, episklerit, kon'yunktivit
Juda kam hollarda: ksantopsiya (sariq rangda ko'rish), orbitaning yallig'lanishi
Yurak-tomir tizimi tomonida:
Kamdan-kam hollarda: arterial bosimning oshishi
Juda kam hollarda: arterial bosimning pasayishi, yurak kasalliklarining kuchayishi (chap qorincha yetishmovchiligi/yurak yetishmovchiligi), nafas qisilishi, o'pkaning shishishi
Hazm qilish tizimi tomonida:
Tez-tez: ko'ngil aynishi, qayt qilish
Kamdan-kam hollarda: qorin og'rig'i, anoreksiya, diareya, qabziyat, dispepsiya
Juda kam hollarda: gastrit
Teri qoplamlari tomonida:
Kamdan-kam hollarda: toshma, qichishish
Muskulo-skelet tizimi tomonida:
Tez-tez: o'tkinchi suyak og'rig'i, artralgia, mialgiya
Kamdan-kam hollarda: mushak spazmlari
Juda kam hollarda: jag' suyaklarining osteonekrozi
Siydik chiqarish tizimi tomonida:
Juda kam hollarda: lokal segmentar glomeruloskleroz, shu jumladan kollaptoid variant, nefrotik sindrom, glomerulonefropatiya, tubulointerstitsial nefrit; mavjud buyrak kasalliklarining kuchayishi, gematuriya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi
Mahalliy reaksiyalar:
Tez-tez: og'riq, qizarish, shish, qattiqlik, flevit, tromboflebit
Laborator ko'rsatkichlar tomonida:
Juda tez-tez: gipokaltsiemiya, gipofosfatemiya
Tez-tez: gipomagnezemiya, qonda kreatinin konsentratsiyasining oshishi
Kamdan-kam hollarda: gipokalemiya, giperkalemiya, gipernatriemiya, jigar funksional testlari o'zgarishi, qonda azot miqdorining oshishi
Juda kam hollarda: gipernatriemiya ong chalkashligi bilan
Boshqalar:
Juda tez-tez: isitma va grippga o'xshash simptomlar, holsizlik, sovuq urishi, charchash, issiqlik