Belgilar: uzoq muddatli qabul qilish flüoroz rivojlanishiga olib kelishi mumkin (kunlik doza 0,2-0,4 mg/kg dan ortiq). O‘tkir dozani oshirishda asosan me’da-ichak traktida reaktsiyalar kuzatiladi (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i), shuningdek, ko‘zdan yosh oqishi, so‘lak oqishi, ishtahaning pasayishi, pastki oyoqlarda og‘riq, artralgiyalar, kuchli charchoq, mioz, ko‘rishning buzilishi, zaiflik, miasteniya, titroq, tutqanoqlar, tana haroratining ko‘tarilishi, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, nafas yetishmovchiligi va nafas to‘xtashi kuzatilishi mumkin. Davolash: ko‘p miqdorda suyuqlik va kalsiy (kalsiy glyukonat yoki kalsiy laktat eritmasi, sut) kiritish tavsiya etiladi; oshqozonni kislotali suv yoki 1% natriy xlorid eritmasi bilan yuvish, tuzli surgi (30 g natriy sulfat) buyurish, vena ichiga elektrolitlar (10-20% kalsiy glyukonat eritmasi), vitaminlar kiritish; simptomatik davolash, qondagi kalsiy konsentratsiyasini nazorat qilish; gemodializ.